Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko "Amirsoy"da chang‘i uchdi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko "Amirsoy"da chang‘i uchdi
Keyingi yillarda O‘zbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing