Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan oʻzaro kelishuvni bekor qildi

Dunyo

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan 2018-yil 19-sentyabrdagi harbiy keskinlikni kamaytirish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi, deb xabar berdi KXDR Mudofaa vazirligi.

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan oʻzaro kelishuvni bekor qildi
“Biz barcha sohalarda: quruqlik, dengiz va havoda harbiy keskinlikni pasaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan voz kechamiz va chegara hududlariga kuchli qo‘shinlar hamda zamonaviy qurollarni joylashtiramiz”, deya vazirlik so‘zlarini keltirgan KCNA.

KXDR Janubiy Koreyani vaziyatni “nazorat qilib bo‘lmaydigan” holatga keltirgan “qasddan va provokatsion manevrlar”da aybladi.

Avvalroq, Shimoliy Koreya Mulligen-1 razvedka yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirilgani haqida xabar berganidan so‘ng, Janubiy Koreya 2018-yilgi kelishuv ijrosini qisman to‘xtatgan edi. Shimoliy Koreya hukumati qo‘shni davlatlar “xavfli harbiy manevrlar” o‘tkazayotgan bir paytda uchirilishini o‘zini-o‘zi mudofaa qilishning qonuniy huquqi deb atadi.

May oyi oxirida Shimoliy Koreya Mulligen-1 harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini Chollima-1 raketasida orbitaga olib chiqishga birinchi urinishini amalga oshirdi, ikkinchi bosqich dvigatelidagi muammo tufayli raketa Sariq dengizga qulab tushdi. Avgust oyi oxirida ikkinchi muvaffaqiyatsiz urinish bo'lib o'tdi — bu safar muammo raketaning uchinchi bosqichining ishlashi paytida favqulodda o'zini o'zi yo'q qilish tizimidagi xato tufayli yuzaga keldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing