Shomurodov - "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Sport
Eldor Shomurodov Italiyani zabt etishda davom etayapti. O‘zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi muxlislarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, "Roma"ning 2025 yil fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shomurodov 40 foiz ovoz to‘plab, argentinalik Paulo Dibala (29 foiz) va ispaniyalik Anxelinoni (27 foiz) ortda qoldirdi. Muxlislar uning jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini ta’kidladilar, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida u muhim gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranerining o‘zbekistonlik hujumchini yanvar oyida tarkibda olib qolish qarori o‘zini oqladi. Shomurodov Yevropa Ligasida "Ayntraxt" darvozasiga kiritilgan g‘alabali golidan keyin ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va o‘zini ko‘rsata oldi.
E’tiborlisi, o‘zbekistonlik futbolchilarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari davom etmoqda. Shomurodovdan tashqari, "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘z klubida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlik qilayotgani o‘zbek futbolining Yevropada tobora tan olinayotganidan darak beradi.

Powered by Froala Editor