Shusha deklaratsiyasi: tarixiy hujjatning ikkinchi yilligi
Dunyo
Hujjat Turkiya va Ozarbayjon prezidentlari tomonidan 2021-yil 15-iyun kuni Shusha shahrida imzolangan.
Bugun, 15-iyun kuni Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasida Shusha deklaratsiyasi imzolanganiga ikki yil toʻldi. Hujjatni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda Ilhom Aliyev 2021-yil 15-iyun kuni Ozarbayjonning madaniy poytaxti – Shusha shahrida imzolagan.
Hujjat “Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasi” deb nomlanadi.
Deklaratsiya Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) tomonidan 2022-yil 1-fevralda, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) tomonidan 3-fevralda ratifikatsiya qilingan. Deklaratsiyaning bir bandida aytilishicha, uchinchi davlat yoki davlatlardan birining mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va chegaralarining xavfsizligiga tahdid yoki tajovuz sodir bo'lgan taqdirda, "tomonlar BMT Nizomiga muvofiq bir-birlarini zaruriy vositalar bilan ta'minlaydilar”.
Hujjatda Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi aloqalarning hozirgi darajasi mintaqaviy va xalqaro tinchlik hamfa farovonlikka hissa qo'shgani ta'kidlangan.
2020-yilning kuzida Ozarbayjon armiyasi Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyev boshchiligida 30 yil davomida Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarbayjon yerlarini ozod qildi. Shusha Ozarbayjon tarixi va madaniyatining timsoli, respublikaning Qorabogʻ viloyatidagi eng yirik shahri Xonkendi yoʻlidagi strategik muhim nuqtadir. Shushining ozarbayjon xalqi uchun ahamiyati shu bilan izohlanadiki, bu shahar madaniyat, tarix va oʻziga xoslik ramzi boʻlib xizmat qiladi. Shahar 1992-yil 8-mayda arman qoʻshinlari tomonidan bosib olingan boʻlib, ishgʻoldan oldin bu yerda 20 mingdan ortiq ozarbayjonlar yashagan.
2020-yil 8-noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ durdonasi Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalaridan tozalanganini eʼlon qildi.

Powered by Froala Editor