Si Szinpin Tojikistonga tashrif buyuradi

Dunyo

Xitoy raisi Si Szinpinning Dushanbe shahriga tashrifi 2024-yil iyul oyida kutilmoqda, bu esa energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Si Szinpin Tojikistonga tashrif buyuradi
Bu haqda Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vaziri Daler Juma va Xitoy Xalq Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sariq daryoni asrash qo‘mitasi rahbari Zu Leyming o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Si Szinpinning tashrifi suv-energetika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv 10-13-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Suv – barqaror taraqqiyot uchun” 2018–2028-yillarga mo‘ljallangan Xalqaro harakatlar o‘n yilligi doirasidagi Uchinchi xalqaro anjumani doirasida boʻlib oʻtdi, unda Zu Leiming ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa ko‘plab davlat vakillari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis Senati aʼzosi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova ham ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing