Singapur dunyodagi eng kuchli pasport sifatida Yaponiyani joyini egalladi

Dunyo

Singapur rasman dunyodagi eng kuchli pasport egasiga aylandi: uning fuqarolari dunyoning 227 davlatidan 192 tasiga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Ilgari Yaponiya birinchi o'rinda edi. Shu bilan birga, O‘zbekiston pasporti yil boshidan besh pog‘onaga ko‘tarilib, 78-o‘rinda joylashdi.

Singapur dunyodagi eng kuchli pasport sifatida Yaponiyani joyini egalladi
Seshanba kuni Henley Passport Index tomonidan e'lon qilingan so'nggi reytingga ko'ra, Singapur dunyodagi eng kuchli pasportga ega davlat sifatida Yaponiyani almashtirdi.

Singapur pasporti dunyoning 227 davlatidan 192 tasiga vizasiz kirish imkonini beradi. Singapur oxirgi marta 2021 yilda 194 ta davlatga vizasiz kirish mumkin boʻlgan birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, o'sha vaqt Yaponiya 193 ta yoʻnalish bilan ikkinchi oʻrinni egallagan edi.

2022-yilda Singapur Koreya Respublikasi bilan birga 192 ta yo‘nalishga vizasiz kirish imkoniyati bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Yaponiya 193 ta vizasiz yo‘nalish bilan birinchi o‘rinda joylashgan edi.

So‘nggi reytingda Yaponiya uchinchi o‘ringa tushib ketdi va dunyoning 189 ta yo‘nalishiga vizasiz kirish huquqini qo‘lga kiritdi. U Avstriya, Finlyandiya, Fransiya, Lyuksemburg, Koreya Respublikasi va Shvetsiya bilan o'z pozitsiyasini baham ko'radi. Ikkinchi o‘rinda Italiya, Germaniya va Ispaniya 190 ta yo‘nalishga vizasiz kirish imkoniyati bilan reytingda joy oldi.

Ro‘yxatning eng oxirida 27 ta yo‘nalishga vizasiz kirish imkoniga ega Afg‘oniston joylashdi. Autsayderlar beshligini Yaman (99), Pokiston (100), Suriya (101) va Iroq (102) yakunladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston pasporti yil boshidan buyon besh pog‘onaga ko‘tarilib, 78-o‘rinni egalladi. Davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish 59 davlatga mavjud.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing