Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi
O'zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish vaularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Har yili oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining har yili oktyabr oyining birinchi haftasini O’zbekistonda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
Respublika komissiyasi Qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini munosib darajada oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Qayd etish kerak, 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga joʻnatilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila aʼzolari boʻlgan.
2021–2024-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatagʻon qurbonlarining nomlari oqlangan.

Powered by Froala Editor