“Solos” kompaniyasi “ChatGPT” tizimiga ega innovatsion aqlli ko'zoynaklarni taqdim etdi

Texnologiya

Innovatsion “AirGo 3” aqlli ko'zoynaklari turli tillarga tezkor tarjima qilishga qodir va nutqni real vaqtda aniq va tez tarjima qilish imkonini beruvchi o'rnatilgan “ChatGPT” chatbotiga ega.

“Solos” kompaniyasi “ChatGPT” tizimiga ega innovatsion aqlli ko'zoynaklarni taqdim etdi
“AirGo 3” aqlli ko‘zoynaklari 100 desibelgacha bo‘lgan ovoz balandligiga yetadigan ikki yo‘nalishli dinamiklar yordamida siz tanlagan tilda tarjima qilingan nutqni ovozlashtirib beradi. O'rnatilgan sensorli datchiklar yordamida ovoz balandligini sozlash mumkin.

Ko'zoynaklar bir nechta tarjima rejimida ishlaydi:

tinglash rejimi — ikki kishi o'rtasidagi muloqot uchun mo'ljallangan;

guruh rejimi — bir nechta suhbat ishtirokchilarining nutqini tarjima qilish imkonini beradi;

matn rejimi — tarjima qilingan suhbatlarni matnga aylantirish va “Solos” ilovasi orqali smartfon ekranida ko‘rsatish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ko'zoynaklar suv o'tkazmaydi, USB-C orqali quvvatlantiriladi va retsept bo'yicha berilgan linzalarni o'rnatish imkoniyatini beradi. Qurilma turli xil ranglarda mavjud va og'irligi atigi 30 grammni tashkil etadi.

Ko'zoynaklar narxi $199 dan boshlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing