So'rovnoma: Bayden aqliy qobiliyatini yo'qotmoqda

Dunyo

Amerika fuqarolarining aksariyati AQSh prezidenti Jo Bayden aqliy qobiliyatini yo'qotmoqda, deb hisoblaydi.

So'rovnoma: Bayden aqliy qobiliyatini yo'qotmoqda
Bu haqda “Rasmussen Reports” tadqiqot tashkiloti tomonidan e’lon qilingan sotsiologik so‘rov natijalarida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, respondentlarning 59 foizi Amerika yetakchisi vaqt o‘tishi bilan aqliy salohiyatini yo‘qotayotganiga ishonadi. Biroq so‘rovda qatnashganlarning 33 foizi bu fikrga qo‘shilmaydi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning aksariyati ommaviy axborot vositalari prezidentning kognitiv pasayishini yashirishga harakat qilmoqda, deb gumon qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bayden AQSh tarixidagi eng keksa prezident hisoblanadi. 2029-yilda Bayden 86 yoshga to'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing