“Spartak” afsonasi Nikita Simonyan hayotdan ko‘z yumdi
Sport
99 yoshida mashhur futbolchi va murabbiy Nikita Simonyan vafot etdi. Bu haqida Rossiya Futbol Ittifoqi xabar berdi.
12 oktabr kuni 99 yoshni qarshilagan Simonyan Moskvaning “Spartak” klubi tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri hisoblanadi. U 1949–1959 yillarda klub sharafini himoya qilgan va 160 ta gol urib, hanuzgacha jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib qolmoqda. Simonyan 1956-yil Melburn Olimpiadasida SSSR terma jamoasi tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
O‘yinchilik faoliyatidan so‘ng u murabbiy sifatida ham yirik yutuqlarga erishdi: uch marta SSSR chempioni, to‘rt marta Kubok sohibi bo‘lgan, shuningdek SSSR terma jamoasini boshqargan.
Simonyan 30 yildan ortiq vaqt davomida SSSR Futbol federatsiyasi va Rossiya Futbol ittifoqida rahbar lavozimlarini egallab kelgan. U “Rossiya oldidagi xizmatlari uchun” ordenlari, “Zaslujenniy trener SSSR” unvoni va boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
2024-yil oktabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga mehnatdagi ulkan xizmatlari uchun “Mehnat qahramoni” unvonini bergan. Simonyan shuningdek XOKning Olimpiya ordeni va FIFA ordeni bilan taqdirlangan.
Fransuz velosportchisi Sharl Kost 29 oktabr kuni 101 yoshida vafot etganidan keyin, Simonyan dunyodagi eng yoshi katta tirik olimpiya chempioni bo‘lib hisoblangan.

Powered by Froala Editor