Sportchilarimiz bilan uchrashuv: Olimpiya o'yinlarida omad tilandi

Sport

Bugun Sport vaziri A. Ikramov boshchiligida mutasaddilar “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurib, sportchilarimizga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Sportchilarimiz bilan uchrashuv: Olimpiya o'yinlarida omad tilandi
Shuningdek, mutasaddilar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan ham samimiy muloqot o’tkazib, oldinda turgan bahslarda ularga omad va zafarlar tilashdi.

Ikramov sportchilarimiz bilan suhbatda, ularning muvaffaqiyati butun mamlakatimiz uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilganini, ularga to‘liq ishonch bildirilishini aytdi. Uchrashuv davomida sportchilarimiz o'zlarining tayyorgarlik jarayonlari haqida so'zlab berishdi.

Sport vaziri va mutasaddilar sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini va ularga kerakli yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o'tdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing