Starship 10-sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi
Dunyo
2025 yil 26 avgust kuni SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng yirik kosmik kema — Starshipning 10-sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Uchirish jarayoni X ijtimoiy tarmog‘ida jonli namoyish etildi.
Starship’ni uchirish uchun ishlab chiqilgan Super Heavy raketa kuchaytirgichi rejalashtirilganidek, kemadan ajraldi va Meksika qo‘ltig‘ida parvozni tugatdi.
Starship kosmosda bir soatdan ortiq vaqt bo‘ldi. Shu muddat ichida u orbitaga bir nechta Starlink sun’iy yo‘ldosh simulyatorlarini joylashtirdi, so‘ng Hind okeaniga boshqaruv ostida tushdi. Orqa qismi shikastlangan bo‘lsa-da, kema to‘liq boshqaruvda qoldi va vazifani muvaffaqiyatli yakunladi.
SpaceX ushbu parvozni «dunyodagi birinchi to‘liq qayta foydalanish mumkin bo‘lgan raketa sari muhim qadam» sifatida baholadi.

Powered by Froala Editor