Stiv Forbes "CAU Business Summit"da nutq so‘zlaydi
O'zbekiston
2025-yil 18-19 aprel kunlari Toshkent shahrida joylashgan Central Asian University (CAU)da o‘tkaziladigan "CAU Business Summit" anjumanida dunyoning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri bo‘lgan Stiv Forbe ishtirok etadi.
Forbes Inc. jurnalining bosh muharriri sifatida keng tanilgan Stiv Forbes o‘zining iqtisodiyot va biznes haqidagi noyob bilimlarini o‘rtoqlashadi. Forbes jurnali har oyda 42 milliondan ortiq o‘quvchi bilan dunyodagi eng katta biznes va iqtisodiyot nashrlaridan biri hisoblanadi. Stiv Forbesning jahon iqtisodiyotidagi tajribasi va strategiyalari haqida o‘rganish imkoniyati nafaqat tadbirkorlar, balki barcha iqtisodiyot ixlosmandlari uchun katta ahamiyatga ega.
Sammitda Stiv Forbes global iqtisodiy trendlar, kelajakda yetakchilik strategiyalari va Markaziy Osiyoning xalqaro iqtisodiyotdagi o‘rni haqida muhim fikrlar bildiradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, tadbir davomida mahalliy biznes liderlari, taniqli tadbirkorlar ham o‘z tajribalari va g‘oyalarini taqdim etishadi. Bu, o‘z navbatida, biznes olamida yangi imkoniyatlar yaratish, ilg‘or fikrlar almashish va kelajakdagi hamkorliklar uchun kuchli netvorking imkoniyatlarini taqdim etadi.
Tadbir ishtirokchilari nafaqat Stiv Forbesning mustahkam tahlillari va yangi iqtisodiy yo‘nalishlar haqida bilib olishadi, balki dunyo bo‘ylab biznes rivojlanishiga oid asosiy tendensiyalarni ham kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Powered by Froala Editor