Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etiladi

Iqtisodiyot

Jizzax viloyatining investitsiyaviy jozibadorligini namoyish etish, xalqaro va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida 2025-yil 23–24-aprel kunlari Zomin tumanida "Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025" bo‘lib o‘tmoqda.

Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etiladi
Forum doirasida, BMB HOLDING ta’sischisi Aziz Mamatqulov va AGROTEC HANDELS (Avstriya) kompaniyasi prezidenti Boris Kandov o‘rtasida Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ushbu qo‘shma korxonaning asosiy yo‘nalishlaridan biri xalqaro standartlarga muvofiq chuqur qayta ishlangan mahsulotlarni — meva-sabzavot konservalari, quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, za’faron va boshqalarni — Yevropa bozorlariga yetkazib berishdan iborat.

Shu bilan birga, BMB HOLDING "Made in Jizzakh" sanoat ko‘rgazmasida o‘z korxonalari tomonidan yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, ushbu mahsulotlar forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa o‘z navbatida O'zbekistonning eksport salohiyatini oshishiga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing