Sun’iy intellekt O‘zbekiston maktablari dasturlariga kiritiladi

O'zbekiston

Kelgusi o‘quv yilidan O‘zbekiston maktablarida sun’iy intellekt darslari joriy etiladi, 2026 yilda esa mamlakatimiz ilk bor kimyo va informatika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalarga mezbonlik qiladi.

Sun’iy intellekt O‘zbekiston maktablari dasturlariga kiritiladi
O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi esa yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha fanlar kiritiladi.

Buning uchun 2 mingta sinf kompyuterlar, 6 ming 300 ta interfaol doska bilan jihozlanadi. Zarur mablag‘lar kelgusi yilgi davlat byudjetida ko‘zda tutiladi.

Hududlarda iqtidorli o‘quvchilar uchun maxsus maktab-filiallar tashkil etiladi: IT yo‘nalishida Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlarda Ibn Sino maktablari. Ular tegishli texnika oliygohlariga biriktiriladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan bitiruvchilar shu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.

2026 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib xalqaro kimyo va informatika olimpiadalariga mezbonlik qiladi. Bosh vazirga mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlarini nazoratga olish topshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing