"Suriya dunyoga tahdid emas". "Suriyani Afg'onistonga qiyoslamang"
Dunyo
BBC Newsning Xalqaro muharriri Jeremy Bouen, Damashqda Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa bilan suhbatlashdi. Ahmad al-Sharaa mamlakat urushdan charchaganini, ular qo'shni hatto boshqa mamlakatlar uchun tahdid emasligini aytdi.
Suhbatda u Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. "Endi, sodir bo'lgan barcha voqealardan keyin sanksiyalar bekor qilinishi kerak, chunki ular eski tuzumga qaratilgan edi. Jabrlanuvchi va zolimga bir xil munosabatda bo'lmaslik kerak", - dedi u.
Ma'lumot uchun, Sharaa bir necha kun oldin Bashar al-Assad rejimini ag'dargan, yashin hujumiga boshchilik qilgan. U isyonchilar alyansidagi hukmron guruh hisoblangan Hayat Tahrir ash-Sham (HTS) yetakchisi hisoblanadi. Ilgari Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan tanilgan.
Sharaaning aytishicha, HTS terrorchi guruh emas. Ular tinch aholi yoki tinch hududlarni nishonga olmagan. Aslida ular o'zlarini Asad rejimi jinoyatlarining qurboni deb bilishgan.
U Suriyani Afg‘onistonga qiyoslamasliklarini ta'kidladi. Sharaaning aytishicha, bu ikki mamlakat bir-biridan keskin farq qiladi, an'analari ham turlicha. Afg'oniston qabila jamiyati edi. Suriyada hammasi boshqacha.
U Suriyada ayollarning ta'lim olishiga ishonishini aytdi. Sharaa Suriyaning 2011 yildan beri isyonchilar qoʻlida boʻlgan shimoli-gʻarbiy viloyatiga ishora qilib, “Idlibda sakkiz yildan beri, universitetlarimiz faoliyat yuritayapti va u yerda xotin-qizlarning ko'rsatkichi 60 foizdan ko'proq”, dedi.
Sharaa intervyuga zamonaviy fuqarolik kiyimida kelgan. Bu esa uning ekstremistik guruh a'zosi emas, balki zamon bilan hamnafas inson qiyofasini ifoda etgan.
Suriyadagi yangi yetakchilarning kelgusidagi harakatlari, Suriyaning kelajakda qanday davlatga aylanishini ko'rsatadi.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Suriyaning iqtisodiy holati tang ahvolda, Sharaa ushbu davlatni qanday oyoqqa qo'yishi esa xalqaro hamjamiyat nigohida qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Powered by Froala Editor