Surxondaryoga yangi hokim tayinlandi

O'zbekiston

Termizda yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezidentimiz tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga Ulug‘bek Qosimov nomzodi ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.

Surxondaryoga yangi hokim tayinlandi
Nomzod deputatlarga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing