Surxondaryolik tadbirkor Baxrom Raupov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

O'zbekiston

Prezident surxondaryolik tadbirkor Baxrom Raupovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi. "Baxrom Raupovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi prezident farmoni e'lon qilindi.

Surxondaryolik tadbirkor Baxrom Raupov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi
"Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining izlanuvchanligi va ishbilarmonligi bilan sohaga ilg‘or tashabbus va innovatsion g‘oyalarni samarali tatbiq etib kelayotgani, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida ko‘pchilikka ibrat va namuna bo‘layotgani, hududda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi "Surkhon Sandwich" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Raupov Baxrom Qayumovich "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlansin", deyiladi farmon matnida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing