Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
O'zbekiston
O‘zbekistonda suv yo‘qotishlarini kamaytirish, irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur tasdiqlandi. Davr oxiriga kelib mamlakat yiliga 14 mlrd kub metrgacha suvni tejash imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
2025-yil 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Ushbu hujjat suv yo‘qotishlarini kamaytirish, irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va sohani raqamlashtirishni nazarda tutadi. Rejaga ko‘ra, davr oxiriga kelib yillik suv tejalishi 14 mlrd kub metrga yetadi.
2020–2024-yillarda sohaga 60 trln so‘m va 622 mln dollar xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladigan sug‘oriladigan yer maydoni 4 foizdan 50 foizga oshdi.
Yangi dastur doirasida:
2 551 km irrigatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi;
nasos stansiyalari modernizatsiya qilinib, energiya iste’moli yiliga 6,8 mlrd kVt·soatdan 6,2 mlrd kVt·soatgacha kamaytiriladi;
1,4 mln gektarga suv tejovchi texnologiyalar, jumladan 293 ming gektarga tomchilatib sug‘orish joriy qilinadi;
12 ming quduq va 1 750 nasosda suv hisobini avtomatlashtirish tizimi o‘rnatiladi;
12 yirik gidrotexnika obyekti raqamli boshqaruvga o‘tkaziladi.
Suv ta’minoti past maydonlarni 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish, 460 ming gektar yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarish rejalashtirilgan.
Dastur kanalarning beton qoplamali ulushini 39 foizdan 47 foizgacha oshirishni, 11 sohaviy IT-tizimni yagona platformaga integratsiya qilishni, «O‘zbekkosmos» ma’lumotlari asosida IT va situatsion markaz yaratishni ko‘zda tutadi.
Xususiy sektor yirik nasos qurilmalari boshqaruvida ham ishtirok etadi. 5 200 nasos suv va elektr energiyasi hisoblagichlari bilan jihozlanadi, yirik qurilmalar qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tkaziladi.
Mutaxassislar malakasini oshirish uchun 200 o‘rinli o‘quv markazi tashkil etiladi, me’yoriy-huquqiy baza takomillashtiriladi va suvdan oqilona foydalanish madaniyati rivojlantiriladi.

Powered by Froala Editor