Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi
Biznes
2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:
• “AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
• “VVV”, “VV” va “V” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
• “SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
• “D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.

Powered by Froala Editor