O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olindi va taqdirlandi

Sport

Kuni kecha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olindi va taqdirlandi
Parij Olimpiadasi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi jami 13 ta medal qo‘lga kiritdi, shundan 8 tasi oltin medaldir. Bu natija bilan hamyurtlarimiz MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni, Osiyoda esa eng kuchli to‘rtlikdan joy oldik.

Olimpiya chempionlari va sovrindorlariga berilayotgan mukofotlar ham barchani hayratda qoldirdi. Oltin medal sohiblariga 200 ming AQSh dollari, Tahoe avtomobili va ikki qavatli kottedj sovg‘a qilindi. Kumush medal sohiblariga 100 ming AQSh dollari, BYD Song Plus EV Champion avtomobili va kvartira berildi. Bronza medali egalariga esa 50 ming AQSh dollari, BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili va kvartira taqdim etildi.

Bu ajoyib natijalar va tantanalar orqali yana bir bor sportchilarimizning Vatanimiz iftixori ekanligi isbotlandi. Ularning muvaffaqiyati yurtimiz yoshlari uchun ulkan ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing