Tashabbusli budjetning ikkinchi mavsumi qachon boshlanadi?
O'zbekiston
6 iyul kuni "Tashabbusli budjet"ning 2024 yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi, unga 2 trillion so'mdan ortiq mablag' ajratiladi, deya xabar beradi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Ikkinchi mavsumni tashkil etish bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. 6-26 iyul kunlari loyihalarni shakllantirish, so'ngra 26 iyuldan 15 avgustgacha eng yaxshi tashabbuslarni tanlash amalga oshiriladi. 15-22 avgust kunlari tanlangan loyihalarni ilgari surish rejalashtirilgan va 22 avgustdan 1 sentyabrgacha ovoz berish bo'lib o'tadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bitta loyihaning maksimal qiymati 1 mlrd 360 mln so'mni tashkil etadi.
2024-yilgi "Tashabbusli budjet"ning birinchi mavsumi aprel oyida yakunlangan edi va uning yakunlari bo'yicha O'zbekiston bo'ylab 2 254 mahallada 2 770 ta loyiha ma'qullandi. Tashabbusli byudjet loyihasi fuqarolarga infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari qurish, yo'llarni ta'mirlash, maktablar va bolalar bog'chalarini jihozlash bo'yicha o'z g'oyalarini taklif qilish orqali mahalliy byudjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor