“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi

Iqtisodiyot

“Tashabbusli byudjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi. Bu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi
“Tashabbusli byudjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyul kuni soat 10:00 dan start oladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

• 1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17-iyuldan 6-avgustgacha;

• 2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6-avgustdan 26-avgustgacha;

•3️-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26-avgustdan 15-sentabrgacha o‘tkaziladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Bu mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib borishi aytilgan.

Fuqarolar jarayonda ishtirok etish shartlari bo‘yicha o‘zini qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishi mumkin:

https://admin.openbudget.uz/media/post_attachments/%D0%91%D1%83%D0%BA%D0%BB%D0%B5%D1%82_OpenBudget_22_uz.pdf

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing