Tata Steel Chess turnirida o‘zbekcha triumf

Sport

Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess 2026 xalqaro turniri tarixida chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi bo‘ldi. Musobaqa Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida bo‘lib o‘tdi.

Tata Steel Chess turnirida o‘zbekcha triumf
Ushbu g‘alaba nafaqat Abdusattorovning shaxsiy faoliyati, balki O‘zbekiston shaxmat maktabi uchun ham muhim tarixiy yutuq bo‘ldi. Tata Steel Chess turniri dunyoning eng kuchli va obro‘li musobaqalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Turnir natijalarining yana bir e’tiborli jihati shundaki, ikkinchi o‘rinni ham o‘zbekistonlik shaxmatchi — Javohir Sindarov egalladi. Shu tariqa, O‘zbekiston vakillari musobaqa yakuniy jadvalining eng yuqori ikki pog‘onasidan joy oldi.

Mutaxassislar bu natijani O‘zbekiston shaxmatining jadal rivojlanayotgani va uning jahon yetakchilari qatoridan mustahkam o‘rin egallayotganining tasdig‘i sifatida baholamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing