Tayvan Xitoy tahdidlarining kuchayishi fonida yangi prezidentlik saylovini boshladi
Siyosat
Saylov natijalari davlat kelajagini hal qiladi.
Tayvanda 13-yanvar kuni prezidentlik saylovlari boshlandi. Bu haqda “CNN” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 million aholisi bo'lgan, o'zini o'zi boshqaradigan orol davlatda prezidentlik hamda parlament saylovlari ham boʻlib oʻtishi belgilangan.
“Saylov uchastkalari shanba kuni ertalab ochildi va 16:00 da yopiladi”, deyiladi xabarda.
Prezidentlik saylovida nomzodlar sifatida Demokratik progressiv partiyasidan amaldagi vitse-prezident Lay Ching-te, Gomindan a'zosi Xou Yu-ih, hamda Tayvan xalq partiyasidan Yangi Taypey shahri meri Ko Ven-jelar koʻrsatilgan.
Xitoyning hukmron Kommunistik partiyasi Tayvanni hech qachon nazorat qilmaganiga qaramay, uni oʻzining hududi deb da'vo qiladi. XXR raisi Tayvanning materik bilan birlashishini muqarrar deb atagan.
Nashrning yozishicha, natijalar nafaqat Tayvanning kelajagini hal qiladi, balki uning Pekin bilan munosabatlarini qayta shakllantirishi, hamda Qo'shma Shtatlar va Xitoyning keskin aloqalarni barqarorlashtirishga qaratilgan so'nggi sa'y-harakatlari uchun sinov bo'lishi mumkin.

Powered by Froala Editor