Telegram Wallet O‘zbekistonda rasmiy ofisini ochadi

Biznes

O‘zbekistonda Telegram Walletning rasmiy ofisi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda bo‘sh ish o‘rni e'lon qilinganida ma'lum bo‘ldi, unda hududiy ofisni boshqarish bo‘yicha menejer izlanayotgani bildirildi.

Telegram Wallet O‘zbekistonda rasmiy ofisini ochadi
Yangi ofis rahbari resurslardan samarali foydalanish, mahalliy va xalqaro qonunchilik talablariga, xususan, pul yuvishga qarshi kurash (AML) va mijozlarni tekshirish (KYC) tartiblariga rioya qilish uchun mas'ul bo‘ladi.

Shuningdek, u regulyatorlar bilan muloqot qilish, kompaniya manfaatlarini himoya qilish va rahbariyat uchun risklar va ofis faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash kabi vazifalarni bajaradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing