TEMU O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchi sifatida faoliyat boshlaydi

Biznes

Marketpleys TEMU O‘zbekiston rezidenti bo‘ldi, biroq cheklovlar hozircha saqlanib qolmoqda.

TEMU O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchi sifatida faoliyat boshlaydi
Elektron savdo platformasi TEMU O‘zbekistonda yuridik shaxs va soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqida Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Biroq TEMU’ning avvalgi davrlardagi faoliyati yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Muhokamalar yakunlangach, yakuniy xulosa eʼlon qilinadi.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron savdo platformalari faqat rezident yuridik shaxslar sifatida faoliyat yuritishi belgilangan edi. Ushbu talab 2024-yil dekabr oyidan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan tekshiruvlarda TEMU kabi xorijiy platformalar tomonidan elektron savdo, reklama, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish va isteʼmolchilar huquqlari sohalarida qonunbuzarliklar aniqlangan edi. Shu sababli, 2025-yil 20-martdan boshlab TEMU platformasiga kirish cheklanishi rejalashtirilgan edi.

Foydalanuvchilarga TEMU orqali yangi buyurtmalar bermaslik va kerak bo‘lsa, mablag‘larni qaytarishni so‘rash tavsiya etiladi. Shuningdek, Soliq qo‘mitasi ro‘yxatiga kirmagan marketpleyslarga shaxsiy maʼlumotlarni bermaslik ehtiyot chorasi sifatida tavsiya etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing