Teo Franken: Rossiya aktivlarini olish “katta oqibatlarga” olib keladi
Iqtisodiyot
Belgiya mudofaa va tashqi savdo vaziri Teo Franken Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga qarshi chiqdi. Unga ko‘ra, bu xalqaro moliyaviy tizim uchun xavfli pretsedent yaratadi va Moskvaning keskin javobiga sabab bo‘lishi mumkin.
Frankenning ta’kidlashicha, mamlakat bosh vaziri Bart De Vever “nihoyatda ehtiyotkorlik bilan” yondashayotganida to‘g‘ri yo‘l tutmoqda. U ijtimoiy tarmoq X orqali bildirgan bayonotida Rossiya aktivlarini topshirish Yevropa moliya tizimi va xalqaro huquq uchun jiddiy xavf tug‘dirishini aytdi.
“Muammo shundaki, bu juda katta oqibatlarga ega bo‘lgan pretsedentni yaratadi. Agar davlat banklarining mablag‘larini Euroclear kabi neytral tashkilotda xavfsiz saqlab bo‘lmasa, endi kim bunga jur’at etadi?” — dedi Franken.
Vazirning fikricha, Rossiya “bu milliardlardan hech qachon voz kechmaydi”, va agar aktivlar musodara qilinsa, Vladimir Putin buni “urush e’loni” deb qabul qiladi hamda G‘arb davlatlarining Rossiyadagi aktivlarini javoban muzlatishi mumkin.

Powered by Froala Editor