Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi

O'zbekiston

Universitetga xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalaridan birinchi 300 talik roʼyxatga kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida oʼz taʼlim dasturlarini shakllantirish huquqi beriladi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi
Prezident Qaroriga muvofiq Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qoʼshib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi.

Muhandislik, qishloq xoʼjaligi, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohalarida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2024/2025 oʼquv yilidan Universitetda Ilgʼor muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi. Bunda, yirik ishlab chiqarish korxonalari Ilgʼor muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

2025/2026 oʼquv yilidan universitet professor-oʼqituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi. Bundan tashqrai, universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʼqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda oʼqitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

Universitetga xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 300 talik roʼyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotining dasturi asosida oʼz taʼlim dasturlarini shakllantirish huquqi beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing