Tesla ikki yillik kechikishdan so'ng Cybertruck ishlab chiqarishni boshladi
Biznes
Tesla o'zining birinchi Cybertrack-ni ishlab chiqardi va rejadan ikki yilga ortda qoldi. May oyida Ilon Musk Tesla talabga qarab yiliga 250 ming Cybertrack ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Foto: digitaltrends.com
Tesla o'zining birinchi Cybertruck'ini Texasning Ostin shahridagi elektr avtomobil zavodida qurdi, dedi kompaniya ikki yillik kechikishdan so'ng shanba kuni Twitter'da.
Tesla asoschisi Ilon Mask 2019-yilda avtomobil dizayneri sindirib bo‘lmaydigan “zirhli” oynalarini sindirib tashlagan taqdimotda pikapni namoyish qilgan edi.
O'shandan beri kompaniya ishlab chiqarish sanalarini qayta-qayta orqaga surdi va o'tgan yili Mask Cybertruck ishga tushirilishini 2023 yilgacha kechiktirish sababi sifatida ehtiyot qismlar yetishmasligini ko'rsatgan edi.
May oyida bo‘lib o‘tgan aksiyadorlar yig‘ilishida Tesla bosh direktori Ilon Mask kompaniya talabga qarab yiliga 250 ming Cybertruck ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Cybertruck’ning ishga tushirilishi Tesla’ga Amerika bozorining eng daromadli segmentlaridan biriga kirish imkonini beradi va hozirgacha cheklangan miqdordagi modellarni chiqargan Ford Motor va Rivian Automotive kabi kompaniyalarning elektr pikaplari bilan raqobatlashadi.
Belgilab o'tamiz, Tesla kompaniyasining Cybertruck bir dvigatelli modeli uchun AQSH bozorida $40 000 dan, tezkor uch dvigatelli versiyasi uchun esa $70 000 dan to'lash kerak bo'ladi.

Powered by Froala Editor