Tramp yopiq uchrashuvda Jey Di Vensni 2028 yilgi saylovlar uchun afzal nomzod deb atadi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi donorlarining yopiq uchrashuvida vitse-prezident Jey Di Vensni 2028 yilgi prezidentlik saylovlari uchun eng maqbul nomzod sifatida tilga oldi. Shu bilan birga, Oq uy hozircha biror nomzodni rasman qo‘llab-quvvatlaganini e'lon qilmagan.
The Washington Post ma'lumotiga ko‘ra, taxminan ikki hafta avval Oval kabinetdagi uchrashuvda Tramp: «Oxir-oqibat biz Jey Dini saylashimiz kerak», degan. Nashr manbalarining aytishicha, prezident vitse-prezidentning diplomatik tashabbuslar, ichki siyosat va ma'muriyat pozitsiyasini himoya qilishdagi faoliyatini yuqori baholamoqda.
Biroq nashr suhbatdoshlari Tramp yakuniy qarorga kelmaganini ham qayd etmoqda. U Jey Di Vens bilan bir qatorda davlat kotibi Marko Rubio nomzodini ham muhokama qilayotgani va keyinchalik fikrini o‘zgartirishi mumkinligi aytilmoqda.
Axios avvalroq Vens Respublikachilar partiyasida Trampning eng ehtimoliy siyosiy vorisi sifatida ko‘rilayotganini, biroq MAGA harakati kelajagi yuzasidan ichki bahslar davom etayotganini yozgan edi.
AQSH OAVlariga ko‘ra, Tramp 2028 yilgi saylov kampaniyasining keyingi bosqichigacha biror nomzodni rasman qo‘llab-quvvatlashni kechiktirishi mumkin. Hozircha Oq uy bu borada rasmiy bayonot bermagan.

Powered by Froala Editor