Taker Karlson yangi partiya haqidagi muhokamalar fonida siyosiy manifestini taqdim etdi
Dunyo
Amerikalik jurnalist Taker Karlson o‘nta tamoyildan iborat siyosiy manifestini taqdim etdi. Uning aytishicha, ushbu hujjat AQSHda yangi siyosiy harakat uchun asos bo‘lishi mumkin. Taqdimot Karlsonning uchinchi siyosiy partiya tuzishi mumkinligi haqidagi muhokamalar fonida bo‘lib o‘tdi.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, manifest davlat suverenitetini mustahkamlash, sanoatni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, immigratsiyani cheklash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ilgari maxfiy bo‘lgan davlat hujjatlarini oshkor etish hamda ingliz tilini federal hujjatlar va saylov byulletenlarining yagona tili sifatida belgilashni nazarda tutadi.
Tashqi siyosatga bag‘ishlangan bo‘limda Karlson AQSHning Isroilga nisbatan siyosatini tanqid qilib, u «genotsid» sodir etayotgan ittifoqchilarni moliyalashtirishni to‘xtatishi kerakligini bildirdi. Shuningdek, u AQSH harbiy amaliyotlari oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakillariga kompensatsiya to‘lashni taklif qildi.
Axios qayd etishicha, Karlson Eron bilan bog‘liq mojaro ortidan Donald Tramp «Amerika birinchi navbatda» tamoyillaridan chekingan deb hisoblaydigan MAGA harakatining bir qancha tarafdorlari orasida muhim mafkuraviy shaxsga aylanmoqda.
Oq uy esa bu tanqidlarni rad etib, Donald Tramp Respublikachilar partiyasining «shubhasiz yetakchisi» ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor