TIME jurnali Putinni "Yil odami" unvoni uchun da'vogar deb topdi

Dunyo

Amerikaning TIME jurnali Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni "Yil odami" unvoni uchun da'vogarlar roʻyxatiga qoʻshdi. Bu haqda nashr saytida ma’lum qilindi.

TIME jurnali Putinni "Yil odami" unvoni uchun da'vogar deb topdi
TIME jurnali tomonidan “2023-yil odami” e'lon qilinishiga hozirlik ko'rilmoqda. Nashr har yili o'tgan 12 oy davomida dunyoga eng ko'p ta'sir ko'rsatgan shaxs, guruh yoki kontsepsiyani tanlaydi.

Jurnal ushbu tanlov roʻyxatiga Rossiya Prezidentini ham kiritdi.

Shuningdek, ushbu roʻyxatga Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin, Britaniya qiroli Charlz III, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi ayblovlar qoʻygan prokurorlar, AQSh Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell, ish tashlashda ishtirok etgan Gollivud aktyorlari va ssenariy mualliflari, amerikalik qo'shiqchi Teylor Svift, “OpenAI” rahbari Sem Altman va “Barbi” kiritilgan.

Ta'kidlanishicha, 2007-yilda TIME jurnali Putinni "Yil odami" deb e'lon qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing