Abituriyentlarga test sinovlari natijasida to‘plagan ballari asosida universitet tanlashga ruxsat beriladi
O'zbekiston
2024/2025 o'quv yilidan boshlab abituriyentlarga test sinovlari natijasida olingan ballar asosida oliy o'quv yurtini, ta'lim yo'nalishi va shaklini tanlash imkoniyati beriladi.
Prezidentning “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Тelegram-kanalida.
Qarorga muvofiq, 2024/2025 o'quv yilidan boshlab:
Qarorga muvofiq, 2024/2025 o'quv yilidan boshlab:
- Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari “avval test, keyin saralash” tamoyili asosida tashkil etiladi va abituriyentlarga test sinovlari to‘plagan ballar asosida universitet, yo‘nalish va ta’lim shaklini tanlash imkoniyati beriladi
- Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalariga ko‘ra berilgan sertifikatlar ham hisobga olinadi.
Powered by Froala Editor