Toshkent metropoliteni: yangi stansiyalar va zamonaviy vagonlar

O'zbekiston

“Toshkent metropoliteni” “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlarida texnik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangani haqida xabar berdi. Ular joriy yilning 11-martidan boshlab yo‘lovchilarga odatiy reja asosida xizmat ko‘rsatadi.

Toshkent metropoliteni: yangi stansiyalar va zamonaviy vagonlar
Yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida metro vagon parklariga 24 ta yangi metro vagonlari keltirildi, bugun esa yana 12 ta vagon Toshkentga kirib keldi.

Bundan tashqari, may oyi oxirigacha 20 ta zamonaviy metro vagonlarini olib kelish rejalashtirilgan. Toshkent metrosi rivojlanishda davom etib, shahar bo'ylab sayohat qilishni yanada qulay va samarali qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing