Toshkent nomlari tarixi: yangi lug‘at taqdim etildi
O'zbekiston
Toshkentda shahar nomlarining kelib chiqishi va ma’nosini ochib beruvchi yangi nashr taqdim etildi — poytaxt hokimiyatida «Toshkent shahri toponimlari izohli lug‘ati» namoyish qilindi.
Poytaxt hokimiyatida «Toshkent shahri toponimlari izohli lug‘ati» taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Nashr shahar hududidagi tarixiy va zamonaviy nomlarga bag‘ishlangan.
Lug‘at ikki bo‘limdan iborat: «Tarixiy Toshkent» va «Zamonaviy Toshkent». Unda shahar makoniga oid turli obyektlarning nomlari ilmiy hamda xalqona talqinlarda izohlangan.
Nashrda ariqlar va kanallar, shahar darvozalari, tumanlar va mahallalar, metro bekatlari, qabristonlar hamda ziyoratgohlar nomlari qamrab olingan. Lug‘at Toshkentning tarixiy xotirasi va madaniy merosini uning geografik nomlari orqali saqlab qolishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor