Toshkent shahridagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari majburan demontaj qilinadi

O'zbekiston

Shavkat Umurzakov qonuniy bo’lmagan reklama obyektlarini demontaj qilish va ularni elektr ta’minotidan uzishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi

Toshkent shahridagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari majburan demontaj qilinadi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning 2024-yil 16-iyuldagi qaroriga muvofiq joriy yilning 1-iyuniga qadar qonuniylashtirilmagan tashqi reklama obyektlari poytaxt yo‘llaridan bartaraf etiladi.

Demontaj ishlari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish departamenti" MCHJ tomonidan amalga oshirilib, obyektlar elektr ta’minotidan uziladi.

Milliy gvardiya xodimlari esa demontaj ishlari vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ko‘mak beradi. Mazkur ishlar yil yakuniga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing