Toshkent va Astana parlamentlararo muloqotni kuchaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar parlamentlararo hamkorlik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch va oliy darajadagi faol muloqotga asoslanib, yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘ldi.
Tomonlar, shuningdek, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va iqtisodiy hamda gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor