Toshkentda "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti TIV rahbarlarining ikkinchi uchrashuvi boshlandi

Siyosat

Poytaxtimizda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi oʻz ishini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti TIV rahbarlarining ikkinchi uchrashuvi boshlandi
Tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, O‘mon va Ozarbayjondan yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda 2023-yil 19-iyul kuni Jidda shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, 2025-yilda Samarqandda o'tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha fikr almashiladi.

Uchrashuv yakunida Qo'shma bayonot qabul qilinishi ko'zda tutilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing