Toshkentda noqonuniy olib kirilgan 4,5 mlrd so‘mdan ortiq dori vositalari musodara qilindi
O'zbekiston
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahrida umumiy qiymati 4,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ikki yirik miqdordagi noqonuniy dori vositalarini aniqladi.
Birinchi holatda poytaxtning Olmazor tumanidagi xonadonda o‘tkazilgan tintuv davomida 76 yoshli erkak va uning o‘g‘lidan 72 nomdagi 3 615 qadoq dori vositalari - shu jumladan "Trenaksa," "Sumamigren," "Femileks" topilgan. Partiyaning umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan oshadi. Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar muntazam ravishda mamlakat hududlaridan noqonuniy dori vositalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olib, Toshkent shahrida realizatsiya qilgan.
Ikkinchi holatda poytaxtdagi dorixonalardan birida 456 nomdagi 57 407 dona dori vositalari, shuningdek, 18 turdagi dori vositalarining 835 dona bo‘sh o‘ramlari va bitta tabletka qadoqlash moslamasi musodara qilindi. Mutaxassislar olib qo‘yilgan dori-darmonlarning qiymatini 3,5 milliard so‘mga baholagan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi "a" bandi ("Dori vositalarining qonunga xilof muomalasi") bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Powered by Froala Editor