Toshkentda “UzMedExpo-2024” tibbiyot ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda

O'zbekiston

International Expo Group kompaniyasi 18-sentyabrdan “UzMedExpo” tibbiyot ko’rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.

Toshkentda “UzMedExpo-2024” tibbiyot ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2023 yil PF-156-sonli «Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar jalb qilinganligi munosabati bilan ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

UzMedExpo ekspozitsiyasi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun tibbiy texnika va asbob-uskunalar, dori vositalari, zamonaviy sarf materiallari, tibbiyot sanoatining innovatsion tovarlari va xizmatlarining so‘nggi ishlanmalarini namoyish etish uchun maqsadli maydon hisoblanadi.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Latviya, Koreya Respublikasi, Rossiya va Turkiyadan 80 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Eronlik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini faol namoyish etib, Rossiyaning bir qator viloyatlaridan ishtirokchilar jamoaviy stendlarni namoyish etishmoqda. An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi stendida yetakchi mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlari va innovatsion yechimlarini taqdim etishlari rejalashtirilmoqda.

UzMedExpo ko‘rgazmasi o‘tkazilishi - O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sanoati faol rivojlanib, takomillashib borayotganidan yaqqol dalolatdir. O‘tgan yillar davomida UzMedExpo mahalliy tibbiyot rivojiga katta hissa qo‘shdi. Har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazma mutaxassislarning xabardorligini oshirish, shifoxona va klinikalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash va sog‘liqni saqlash sohasidagi so‘nggi yutuqlarni mamlakatimizning barcha hududlarida qo‘llashga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing