Toshkentda yangi yil arafasida 3 tonnalik Oliviye salati tayyorlanadi
O'zbekiston
Toshkentda 25-dekabr kuni Tashkent City markazida 3 tonnalik "Mega Oliviye" salati tayyorlanadi.
Ushbu tadbir doirasida professional oshpazlar hamda ularga yordam beruvchi 30 ga yaqin mutaxassis ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi dunyo miqyosidagi Gines rekordlar kitobiga kirishdir. Agar 3 tonnalik "Mega Oliviye" salati muvaffaqiyatli tayyorlansa, bu Toshkent shahrining xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshirishi kutilmoqda.
Yangi yil arafasida tayyorlanadigan ushbu ulkan salat maxsus marosimda keng jamoatchilikka namoyish etiladi. Biroq, turli fors-major holatlarning oldini olish maqsadida salat aholi o‘rtasida bepul tarqatilishi rejalashtirilmagan, deb mmutasaddilar xabar bermoqda.
"Mega Oliviye": Rekordga Yo‘l deb nomlangan ushbu loyiha Yangi yil bayramiga o‘zgacha kayfiyat olib kirishi va Toshkent aholisi hamda mehmonlariga unutilmas taassurot qoldirishi kutilyapti.

Powered by Froala Editor