Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O'zbekiston

Avtobuslar “Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq” yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtobuslar “Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq” yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.

Avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.

Qatnovlar “Yutong” korxonasining avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing