Tramp AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan “shutdown”ni yakunladi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp 30-yanvargacha vaqtinchalik byudjetni imzoladi. Shu tariqa mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan hukumat ishi to‘xtashi — 43 kunlik “shutdown” yakuniga yetdi.

Tramp AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan “shutdown”ni yakunladi
Qabul qilingan hujjat davlat idoralari faoliyatini tiklaydi hamda federal dasturlarni yanvar oxirigacha vaqtinchalik moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Mazkur “shutdown” AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgani bo‘ldi. Uning sababi Oq uy va Kongress o‘rtasidagi byudjet mablag‘larini taqsimlash, xususan migratsiya siyosati va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq masalalardagi kelishmovchiliklardir.

Yangi byudjet davlat xizmatchilariga ish haqi to‘lovlarini qayta boshlash va hukumat idoralarining normal ishini tiklash imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing