Tramp Armaniston va Ozarbayjon yetakchilarini qabul qiladi

Dunyo

8-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Oq uyda uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda uzoq yillik mojaroning tinch yo‘l bilan yakunlanishi va mintaqada barqarorlik o‘rnatilishi mumkin.

Tramp Armaniston va Ozarbayjon yetakchilarini qabul qiladi
AQSh Prezidenti Donald Tramp 8-avgust kuni Oq uyda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qiladi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — Janubiy Kavkazda tinchlik, barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash.

Armaniston hukumati Pashinyanning AQShga tashrifini tasdiqladi. Tashrif davomida u Tramp bilan ikki tomonlama, so‘ngra Aliyev ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. The Washington Post nashrining xabar berishicha, uchrashuv yakunida tinchlik bitimi e’lon qilinishi mumkin.

2025-yil mart oyida Armaniston TIV ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasi matni kelishilganini bildirgan. Biroq Ozarbayjon bu hujjatga ayrim shartlar qo‘ygan: chegaradagi otishmalarni to‘xtatish, Armaniston Konstitutsiyasidan hududiy da’volarni olib tashlash, shuningdek, Minsk guruhi faoliyatiga rasmiy yakun yasash.

Uchrashuv kun tartibidan yana bir muhim masala — Zangazur yo‘lagi loyihasi. Bu koridor Armanistonning Syunik viloyati orqali Ozarbayjon va Naxchivonni bog‘lashi kerak. Yerevan tranzitga rozilik bildirgan, ammo nazorat va maqom masalasida aniqlik kiritilishini talab qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing