Tramp: Kanada AQShsiz "barqaror mamlakat" bo‘la olmaydi
Dunyo
AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, Kanada uchun eng yaxshi yo‘l — AQShning 51-shtati bo‘lishdir. "Tasavvur qiling, kimdir ko‘p yillar oldin sun’iy ravishda chizgan chiziq (chegara) bo‘lmasa, bu mamlakat qanchalik go‘zal bo‘lar edi", — dedi mamlakat yetakchisi.
Donald Trampning fikriga ko'ra, Kanada mudofaa xarajatlariga yetarlicha e’tibor qaratmaydi, chunki u Amerika yordamini kutmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning ko‘magisiz Kanada "barqaror mamlakat" bo‘la olmaydi.
"Ular mudofaa uchun juda kam mablag‘ sarflaydi. Ular umuman himoyasiz, chunki biz ularni himoya qilishimizga ishonishadi. Aslida esa, biz ularni har yili taxminan 200 milliard dollar bilan subsidiya qilamiz. Agar biz buni to‘xtatsak, ularga tariflar kiritib, avtomobil ishlab chiqarishga ruxsat bermasak, Kanada barqaror mamlakat bo‘la olmaydi", — dedi Donald Tramp Luiziana shtatiga tashrifi chog‘ida, o‘z samolyotida jurnalistlarga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u Kanada xalqini yaxshi ko‘rishini va AQSh bilan "ajoyib munosabatlarga" ega ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, Kanada uchun eng yaxshi yo‘l — AQShning 51-shtati bo‘lishdir. "Tasavvur qiling, kimdir ko‘p yillar oldin sun’iy ravishda chizgan chiziq (chegara) bo‘lmasa, bu mamlakat qanchalik go‘zal bo‘lar edi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Donald Tramp prezidentlik inauguratsiyasidan oldin ham Kanadani AQSh hududiy birligiga aylantirish taklifini bir necha bor bildirgan. Biroq Kanada qo‘shni davlat rahbarining bu takliflarini rad etgan. Yanvar oyi oxirida Tramp Kanadaga qo‘shilish evaziga mamlakat aholisi uchun soliq yengilliklarini va’da qilgan edi.

Powered by Froala Editor