Tramp Maskka Pentagonning milliardlab dollarlik kirdikorlarini fosh etishni topshirdi

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Ilon Mask yuzlab milliard dollarlik firibgarlik va suiiste’molliklarni aniqlash uchun Pentagonda tekshiruv o‘tkazishga boshchilik qiladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus xarajatlarni optimallashtirish va korrupsiyani yo‘q qilishga qaratilgan federal byudjyetni keng ko‘lamli yangilashning bir qismi bo‘ladi.

Tramp Maskka Pentagonning milliardlab dollarlik kirdikorlarini fosh etishni topshirdi
Oq uy rahbari, shuningdek, Mudofaa vazirligi tekshiruvidan so‘ng boshqa idoralar, jumladan, Ta’lim vazirligi ham tekshirilishi mumkinligini ta’kidladi. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uoltsning ta’kidlashicha, byurokratiya va ortiqcha xarajatlardan aziyat chekayotgan harbiy xaridlar tizimi va kemasozlikka alohida e’tibor qaratiladi.

Ammo tashabbus tanqidiy fikrlarni keltirib chiqardi: Mask davlat apparatini qayta qurish bo‘yicha tajribaga ega emas va uning kompaniyalari Pentagon bilan milliardlab dollarlik shartnomalar bilan bog‘langan, bu esa manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, demokratlar va kasaba uyushmalari maxfiy dasturlarga kirish milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqida ogohlantirishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing