Tramp maxsus vakili Putin bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda
Siyosat
AQShning prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan yangi uchrashuv bo‘lishini e’lon qildi. Uning aytishicha, muzokaralar Moskva tashabbusi bilan payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff CNBC telekanaliga bergan intervyusida payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Rossiya tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Avvalroq Rossiya davlat agentliklari Uitkoffning Davosda Kremlning maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi. TASS ma’lumotiga ko‘ra, suhbat qariyb ikki soat davom etgan. AQSh tomoni bu uchrashuvni rasman izohlamadi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsilotlarini oshkor etmadi. Shu bilan birga, u Moskva uchun Vashingtonning Yevropa davlatlari va Ukraina bilan olib borayotgan muzokaralari haqida ma’lumot olish muhimligini ta’kidladi, shuningdek, ushbu jarayonda ilgari surilayotgan takliflarni eshitish zarurligini aytdi.

Powered by Froala Editor