Tramp Meksikaga zarba berish ehtimolini rad etmadi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp narkokartellarga zarba berish va mamlakatga giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish uchun Meksika hududiga harbiy zarbalar ehtimolini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi. U bunday qaror Kongress tasdig‘idan o‘tishi kerakligini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar bu narkokartellarning faoliyatini cheklash va giyohvand moddalar oqimini to‘xtatishga yordam bersa, Meksika hududiga zarba berish ehtimoli uni mutlaqo xavotirga solmaydi. U bu fikrni Oq uyda jurnalist savoliga javob berar ekan bildirdi.
“Bu meni qoniqtiradi, biz giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish uchun nima bo‘lsa ham qilishimiz kerak”, — dedi Tramp.
Prezident Meksikaning narkotrafikka qarshi kurashdagi pozitsiyasidan norozi ekanini bildirdi va zarur bo‘lsa harbiy choralarni qo‘llashdan “faxrlanishini” aytdi. Biroq u bunday qaror qabul qilinishidan oldin Kongressga murojaat qilishini qo‘shimcha qildi. Trampning fikricha, “agar ular aqldan ozmagan bo‘lsa, ham demokratlar, ham respublikachilar bunga rozi bo‘ladi”, lekin u “demokratlar biroz jinniroq” ekanini ham aytdi.

Powered by Froala Editor