O‘zbekiston ot ustida kamondan otishni rivojlantirmoqda
Sport
O‘zbekiston ot ustida kamondan otish sportini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda. Vengriyada ushbu an’anaviy sport turini ommalashtirish va xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
Hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat Vengriyada o‘tkazilgan xalqaro Bosh assambleya doirasida International Horseback Archery Alliance va O‘zbekiston Respublikasi Ot ustida kamondan otish federatsiyasi o‘rtasida imzolandi.
Memorandumga xalqaro tashkilot prezidenti Alan Le Gall hamda federatsiya prezidenti Baxromjon Valievich Gaziev imzo chekdi.
Hujjat tomonlar o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish, ot ustida kamondan otish sportini ommalashtirish, xalqaro musobaqalar tashkil etish hamda sportchilarni tayyorlash, murabbiylik va hakamlik faoliyatida zamonaviy standartlarni joriy etishni nazarda tutadi.
Shuningdek, memorandum yoshlarni ot sporti turlariga keng jalb etish va ushbu yo‘nalishda xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, milliy an’analarni saqlash va ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan ot ustida kamondan otish bugungi kunda yangi bosqichda rivojlanmoqda.
Imzolangan memorandum kelgusida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish va o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydondagi tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor